Bildirilişiça, sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar örtasida özaro janjallaşiş, bir-birini haqorat qiliş, qöl kötariş va bir-biriga tan jarohati yetkaziş kabi holatlar aks etgan videoxabarlar tarqalib bormoqda.
“Ayniqsa, Samarqand tumanida yuzaga kelgan kelişmovçilik oqibatida ayollar farzandi köz oldida erkaklar tomonidan döpposlanişi tasviri köplab muhokamalarga sabab böldi”, deyiladi ma’lumotda.
Ombudsman axborot xizmati materialida ta’kidlanişiça, ösib kelayotgan yoş avlod bu kabi özaro hurmatsizlik, bir-birini obrösizlantiriş, uruş-janjal, özgalar mulkiga zarar yetkaziş kabi holatlarni körib tarbiya olmasligi zarur.
Ombudsman fuqarolar örtasidagi nizolarni körib çiqiş vakolatiga ega bölmasa-da, bunday mazmundagi xabarlarning köpayib borayotganidan xavotirda, deyiladi xabarda.











