Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabariga köra, uşbu davr mobaynida bozorda bulğor qalampiri (qizil) 11 250 sömga, banan 5 000 sömga, apelsin 4 000 sömga, mandarin va olma 2 500 sömga, baqlajon 400 sömga, kartoşka (yangi hosil), sabzi (sariq, qizil), tarvuz 250 sömga hamda kartoşka (import) 100 sömga arzonlagan.

Şu bilan birga, kivi 13 500 sömga, limon 10 000 sömga, moş 3 000 sömga, turp 2 750 sömga, pomidor (puşti), nok (import), loviya 2 500 sömga, guruç (alanga) 1 500 sömga, pomidor (qizil) 1 250 sömga, sarimsoq piyoz, lavlagi, guruç (lazer) 1 000 sömga, piyoz 850 sömga, bodring 500 sömga oşgan.

1–31 iyul kunlari umumiy qiymati 99 mln AQŞ dollarlik (ötgan yil mos davriga nisbatan 23 mln AQŞ dollari köp) jami 147 ming tonna (22 ming tonna köp) qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti amalga oşirildi.

Mazkur davrda 19,9 ming tonna olxöri, 17,5 ming tonna qovun, 13,8 ming tonna uzum, 12,4 ming tonna tarvuz, 8 ming tonna piyoz, 4,7 ming tonna sabzi, 4,3 ming tonna olma, 3,7 ming tonna moş, 2,7 ming tonna şaftoli, 2,5 ming tonna quritilgan meva taşqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Uşbu davr mobaynida 8 mln AQŞ dollari (ötgan yil mos davriga nisbatan 3,8 mln AQŞ dollari köp) qiymatidagi jami 12,8 ming tonna (41 tonna köp) qişloq xöjaligi mahsulotlari, xususan, 3,9 ming tonna banan, 3,5 ming tonna kartoşka, 371 tonna apelsin, 184 tonna olma, 87 tonna limon import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, Qöyliq bozoriga 1–31 iyul kunlari hududlardan jami 29,7 ming tonna, xususan, 10,4 ming tonna kartoşka, 13,2 ming tonna piyoz, 1,1 ming tonna karam va 5 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 7 046 tonna, Toşkent viloyatidan 2 036 tonna, Namangandan 1 309 tonna kartoşka; 

Toşkent viloyatidan 7 767 tonna, Jizzaxdan 3 770 tonna, Surxondaryodan 1 284 tonna va Namangandan 359 tonna piyoz; 

Toşkent viloyatidan 1 060 tonna karam; 

Toşkent viloyatidan 1 472 tonna, Andijondan 762 tonna, Qaşqadaryodan 688 tonna, Surxondaryodan 650 tonna, Sirdaryodan 520 tonna, Farğonadan 504 tonna va Jizzaxdan 429 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Şuningdek, Qöyliq bozoriga Pokistondan 55 tonna kartoşka keltirilgan.

Şu bilan birga, hududlardan Çorsu dehqon bozoriga 1–31 iyul kunlari jami 320 tonna, jumladan, 271 tonna mol göşti va 49 tonna qöy göşti keltirib sotilgan.