Bloomberg: Rossiya g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, neft eksport qilishda davom etmoqda
Rossiya nefti g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Misrdagi kichik portga jo‘natilmoqda, deb yozadi Bloomberg. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda uni Misr nefti bilan aralashtirayotgan bo‘lishlari mumkin.
Rossiya Misrning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Al-Hamra terminalidan foydalanib, g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda neft eksport qilish yo‘lini topdi. Bu haqda 3 avgust, chorshanba kuni kema kuzatuvi ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 24 iyul kuni ertalab Al-Hamraga Crested tankeri orqali taxminan 700 ming barrel Rossiya nefti yetkazilgan. Bir necha soat o‘tgach, boshqa kema - Chris portdan neftni olib ketdi, unda Rossiya yonilg‘isining bir qismi yoki hammasi bo‘lishi mumkin. Al-Hamra terminali, ta’kidlanganidek, Misrning G‘arbiy cho‘lida qazib olingan neftni tashish uchun qurilgan, bu esa «rus neftini mahalliy bilan aralashtirish imkonini beradi».
Chris tankeri ayni damda Misrning Qizil dengiz sohilidagi Ras Shuhayr neft terminalida turibdi, deb xabar berdi Bloomberg. Ushbu terminal ham Rossiya neftini Misr nefti bilan aralashtirish imkonini beradi. «Rossiya neft ta’minoti yanada yashirin bo‘lib bormoqda, chunki yevropalik xaridorlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng undan voz kechgan», — deb yozadi agentlik.
Iyun oyi boshida The Wall Street Journal neft treyderlari Rossiya neftini AQShga yetkazib berish taqiqini chetlab o‘tish yo‘llarini qidirayotgani haqida yozgan edi. Ular, masalan, rus nefti benzin, dizel yonilg‘isi yoki boshqa qayta ishlangan mahsulotlarda ishlatilganligini yashirishmoqda.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, qisman Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan yonilg‘i yuki may oyida dengiz orqali Nyu-York va Nyu-Jyersi shaharlariga yetib kelgan. U AQShga Suvaysh kanali va Atlantika okeani orqali Rossiya neftining asosiy xaridorlari bo‘lgan Hindistondagi neftni qayta ishlash zavodlaridan olib kelingan.
Rossiyada qazib olingan neft, shuningdek, O‘rta Yer dengizi, Qora dengiz va G‘arbiy Afrika qirg‘oqlaridagi kemalarga yuklanadi, so‘ngra kelib chiqishi boshqa davlat ko‘rsatilgan holda nafaqat Xitoy va Hindistonga, balki Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib beriladi, deya qayd etgan nashr.
AQSh prezidenti Jo Bayden 8 mart kuni - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay - Rossiyadan neft va gaz importini taqiqlashini e’lon qildi. 3 iyun kuni Yevroittifoq Rossiya neftiga qisman embargo oltinchi sanksiyalar paketi doirasida kelishilganini e’lon qildi, ammo u bir qator Yevropa mamlakatlariga mahsulotni quvur orqali yetkazib berishga ta’sir qilmadi.
Sanksiyalar paketi Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Rossiya neftini dengizda tashishni sug‘urtalashni taqiqlashni o‘z ichiga oladi, biroq global energetika inqirozi xavfi tufayli uni joriy etishni kechiktirishga qaror qilingan.
Sanksiyalar fonida Hindiston va Xitoy ularga sezilarli chegirma bilan yetkazib beriladigan Rossiya neftining importini oshirdi.
Tavsiya etamiz
Grozniy, 30 yil oldin: katta urush boshlanishi fotosuratlar va muxbirlarning xotiralarida
Jahon | 15:52 / 01.01.2025
Omadsiz lider – AQShning 100 yoshda vafot etgan sobiq prezidenti Jimmi Karter haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 20:03 / 30.12.2024
Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi
O‘zbekiston | 11:45 / 29.12.2024
Oqtovda qulagan samolyot yagona hodisa emas – Embraer E190 bilan sodir bo‘lgan halokatlar
Jahon | 22:40 / 28.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft ma’lumotlarni qayta ishlar markazlarini yaratishga 80 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 00:31
-
Geosiyosiy hafta tahlili: gaz tranzitini to‘xtatgan Ukraina, Rossiyadan norozi Ozarboyjon va tanlov qarshisidagi Suriya
Jahon | 23:55 / 04.01.2025
-
Ispaniya 2025 yil apreldan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
Jahon | 23:42 / 04.01.2025
-
Tramp saylovdagi g‘alabasidan keyin donorlardan qariyb 200 mln dollar to‘pladi
Jahon | 23:15 / 04.01.2025
Mavzuga oid
21:05 / 04.01.2025
Rossiya aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot dvigateli parvoz vaqtida ishdan chiqdi
18:35 / 04.01.2025
“Katta miqdorda maosh beramiz deyishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
17:16 / 04.01.2025
Blinken: Xitoy Rossiyani yadroviy qurol qo‘llashdan qaytargan
18:00 / 03.01.2025