Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiya rahbariga ma’muriy islohotlar bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident qarori va topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha Nazorat inspeksiyasi ishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev Administratsiya rahbari Sardor Umrzoqovga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazish topshirig‘ini berdi.
“Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi”, dedi prezident.
Administratsiya rahbariga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlari hisobot berdi, deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabarida.
Mavzuga oid
19:05 / 12.05.2026
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
09:28 / 07.05.2026
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
18:25 / 13.01.2026