Ajratilgan grantning umumiy qiymati 3,3 mlrd söm bölib, universitetning birinçi öquv yili uçun 50% dan 100% gaça tölov şartnoma summasini qoplab beradi. Grantga quyidagi talablarga mos keluvçi barça abituriyentlar ariza topşirişlari mumkin:

  • Maktab yoki litsey (kollej)ni bitirgan bölişi;
  • Matematika imtihonidan 50 balldan yuqori töplagan bölişi;
  • Ehtiyojmand oila vakili bölişi.

Şu bilan birga, abituriyentlardan IT sohasini örganişga bölgan ulkan qiziqiş va iştiyoq talab qilinadi. Imtihondan muvaffaqiyatli ötgan talabgorlarga oilasining moliyaviy ahvolidan kelib çiqqan holda grant ajratiladi.

Uşbu grant ajratilişida öz hissasini qöşgan kompaniyalardan biri Ekom.UZ brendi ostida faoliyat yurituvçi “ALEXOR-LINE” kompaniyasi bölib, Özbekiston bozorida IT va kommutatsiya uskunalarining eng yirik rasmiy distribyutori va yetkazib beruvçisi hisoblanadi.

“MEGA MOTORS” kompaniyasi 2019 yilda taşkil etilgan. Uşbu kompaniya Özbekistondagi elektromobillar dileri bölib, yuqori sifatli elektromobillar va ularning qöşimça ehtiyot qismlarini sotiş bilan şuğullanadi.

“SIFCO INTERNATIONAL” kompaniyalar guruhi 1993 yilda taşkil etilgan bölib, Xitoy, Yevropa va MDH davlatlaridan turli tovarlarni yetkazib beruvçi va sotuvçilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 29 yildan ortiq vaqt mobaynida Özbekiston bozorida har qanday turdagi tovarlarni deklaratsiyalaş, bojxona va oddiy omborda saqlaş va boşqa turdagi xizmatlarni taqdim etib keladi. 

“MEGAVAN” 15 yil davomida Özbekiston bozorida turli loyihalarni öz vaqtida yetkazib beriş, şuningdek, mahsulotlarining raqobatbardoş narxlari bilan öz örnini topgan kompaniyalardan biridir.

“BALLOON BY MEGAVAN” yuk maşinalari, avtobuslar va maxsus jihozlar uçun disklar va şinalarni ulgurji sotiş va xizmat körsatiş bilan şuğullanib kelayotgan ilğor kompaniyalardan biri hisoblanadi.

“DECLAS” kompaniyasi import va eksport qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylaştiruvi va bojxona saqlaş xizmatlarini körsatadi.