Özbekistonning Tokiodagi elçixonasi Hanwa Co., Ltd Yaponiya kompaniyasi boşqaruvçisi Daygoro Fukuzava bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat çoğida yapon kompaniyasi öz hamkorlari bilan birgalikda respublika çekka hududlarida joylaşgan kasalxonalarda mustaqil elektr işlab çiqariş texnologiyasi tatbiq etilişi loyihasini amalga oşiriş, tibbiy muassasalarda gaz va dizel yonilğisi yordamida elektr quvvati işlab çiqaruvçi tejamkor generatorlar va quyoş panellarini örnatişdan manfaatdorlik bildirdi.

Muzokaralar davomida Özbekiston va Yaponiya örtasida JCM (qöşma kreditlaş mexanizmi) asosida karbon kreditlarni yapon tomoniga eksport qiliş loyihasi bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi. Loyihani amalga oşiriş uçun Özbekiston energetika, soğliqni saqlaş, investitsiya va savdo vazirliklari, tuman hokimliklari va mahalliy tibbiyot muassasalari sarmoyalari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) “Rivojlanişga rasmiy kömak” dasturi imkoniyatlarini jalb qiliş nazarda tutilgan.

Yapon tomoni bildirişiça, tibbiy muassasalarda muqobil energiya manbasi uzluksiz mavjud bölişi bemorlar hayoti va soğligini muhofaza qiliş, xarajatlarni qisqartiriş hamda elektr manbaiga ortib borayotgan ehtiyojlarni qondiriş maqsadida loyiha asosiy obekti sifatida aynan tibbiyot muassasalari tanlab olingan.

Mustaqil elektr işlab çiqariş texnologiyasini tatbiq etiş afzal tomonlari respublikada elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondiriş, magistral elektr uzatiş tarmoqlari va kiçik stansiyalarda kuçlaniş oldini oliş asosiy maqsadlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Loyiha yutuq va afzalliklarini namoyon qiliş maqsadida respublika mahalliy tibbiyot muassasalaridan birida yapon kompaniyasi va hamkorlari tejamkor muqobil energiyasi işlab çiqaruvçi generatorni örnatiş loyihasini tatbiq etiş taklif qilindi.