Prezidentni «haqorat qiliş» ayblovi

2015 yil turkiyalik maşhur jurnalist, ingliz tilidagi Today's Zaman muxolif gazetasi boş muharriri Bulent Keneş tvitterdagi sahifasida mamlakat hukumatini tanqid qilar ekan, «Rajab Erdöğanning onasi tirik bölsa, öğli uçun uyalgan bölardi», deb yozadi. Köp ötmay politsiya jurnalistning iş kabinetiga «yöqlab boradi». Uning qölga olinişi turk telekanallarida jonli efirda körsatiladi. Bu vaqtda Erdöğan prezident lavozimida bir yildan ortiq işlab ulgurgan, Turkiya siyosati keskin özgarib ketgandi.

Turkiya jinoyat kodeksidagi 299-moddani turklar yaxşi bilişadi – «prezidentni haqorat qilganlik uçun jazo». Bu modda avvaldan bölgan, ammo aynan Erdöğan prezidentlikka kelgaç, ayniqsa faol qöllana boşladi. Turkiyada bu «öta oğir jinoyat» uçun naq 4 yilga qamaliş mumkin.

Tabiiyki demokratik tamoyillarga amal qiluvçi va Turkiya ham tarkibiga kiruvçi Yevropa kengaşi bu modda böyiça izoh talab qilgan, turklar esa uning zarurligini şunday izohlaşgan: prezident mamlakatning yuzidir, şunday ekan, prezidentni haqorat qiliş davlatga nisbatan jinoyat.

Uşbu moddada aynan qanday sözlar prezidentni haqorat qilişga kirişi aytilmagan, lekin boşqa moddalarda buning ta’rifini uçratiş mumkin. Ya’ni insonning şa’ni va obrösiga şubha bildiriş – turk qonunçiligida haqorat deb qabul qilingan.

Yevropa kengaşi Turkiyada bu modda amalda bölişini tanqid qilgan, inson huquqlari böyiça Yevropa sudi esa bu modda inson huquqlariga zid ekani, erkin fikr bildiriş huquqini çeklaşi borasida hukm çiqargan.

2014 yil Erdöğan hukumat tepasiga kelganda 132 kişiga nisbatan prezidentni haqorat qilganlik ayblovi bilan iş oçilgan, ularning 40 nafari jazoga tortilgan. Bir yil ötib Turkiyada 1953 kişiga nisbatan yuqoridagi ayblov bilan iş oçilgan. 2016 yilga borib bu raqamlar 4 mingdan oşib ketadi. Umumiy hisobda 2014-19 yillarda prezidentni haqorat qiliş ayblovi böyiça 27 mingta iş oçişadi.

Ingliz tilidagi Today's Zaman gazetasi heç qaçon muxolif kayfiyatdagi naşr ekanini yaşirmagan va öz çiqişlarida hukumatni tez-tez tanqid qilib kelgan. Prezidentni haqorat qiliş ayblovi bilan mahkamaga olib ketilgan boş muharrir Bulent Keneş hukumat bosimi sabab öz lavozimidan ketganini ma’lum qiladi. U işdan ketgaç gazeta ham köp işlamaydi va 2016 yilda yopilib ketadi.

Turkiyadagi Hurriyet hukumat gazetasi göyoki Erdöğan Madriddagi NATO sammitida Finlandiya hamda Şvetsiya turklarga topşirişi kerak bölgan 45 nafar «terrorçi»dan iborat röyxat berganini xabar qilib, bu röyxatdagilarning ismini e’lon qildi. Jurnalist Keneş mana şu röyxatda bor. Bulent Keneşning aytişiça, Turkiyada unga qarşi 30 taça iş oçişgan. Ammo hukumatning jurnalistga bildirayotgan asosiy e’tirozi 2016 yilgi davlat töntarişiga uriniş oldidan e’lon qilgan postiga qaratilgan...