Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallada tashkil etiladigan mikromarkazlar uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi
Mahallalarda tashkil etiladigan mikromarkazlar uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, mahallalarda tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik mikromarkazlari foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga mikromarkazlar obektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Ushbu imtiyozlar davlat soliq xizmati organlari E-imtiyoz axborot tizimiga quyidagi ID-raqamlari bilan kiritilgan: mol-mulk solig‘i – ID-04042, yer solig‘i – ID-104043.
Bundan tashqari, yer solig‘i hisobot shaklini va mol-mulk solig‘i ma’lumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilindi.
Mavzuga oid
10:28 / 12.09.2022
Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi
15:19 / 09.09.2022
Foydalanilmayotgan obektga nisbatan oshirilgan soliq natijasida hosil bo‘lgan qarz hisobdan chiqarildi
08:07 / 09.09.2022
Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
17:26 / 07.09.2022