Bugungi kunda Andijon viloyatida 641 mingdan ziyod aholi va 18 196 ta ulgurji iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Ularga “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bo‘lgan 136 dona podstansiyadagi 195 dona katta kuch transformatorlari hamda 8 mingdan ortiq past kuchlanishli transformator punktlari orqali 19 ming 182 km elektr uzatish tarmoqlari yordamida elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.



– Iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida 1871,5 km 110-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 754 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan, - deydi “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” AJ direktori Xurshidbek Yuldashev. - Shu kunga qadar 1366.3 km elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari bajarildi, 3 dona yuqori va 559 dona past kuchlanishli transformator punkti, 26 ta 110-35 kVli o‘chirgich, 52 dona OD va KZ qurilmasi mukammal ta’mirlandi. Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Qahramon” podstansiyasidagi T-1 10 000, T-2 10 000 kVA kuch transformatorlari, Asaka tumanidagi 110/35/6 kV “Asaka” podstansiyasidagi T-2 15 000 kVA hamda Andijon tumanidagi 35/10 kVli “Guliston” podstansiyasidagi T-2 4000 kVA transformatorlari mukammal ta’mirdan chiqarilib, mazkur hududdagi aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minotidagi muammolariga barham berildi.


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida joriy yilda viloyat bo‘yicha 3777,7 km 110-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 1436 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, Jamiyat xodimlari tomonidan yil boshidan mavsumga tayyorgarlik doirasida 3033.6 km elektr tarmoqlari tortilib, 1153 ta transformator punkti, 110-35 kVli 78 ta podstansiya va undagi 134 ta kuch transformatori,


















