Sirdaryoda tadbirkorlarni quyoş paneli örnatmagani uçun elektrdan uziş holati prezidentning tegişli qarorlarini notöğri talqin qiliş sababli kelib çiqqan. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali Kun.uz xabariga nisbatan rasmiy munosabatida ma’lum qildi.

Avvalroq Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yiğilgandi.

HET Sirdaryo filiali axborotiga köra, prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-57-son hamda 2024 yil 31 maydagi “Energiya resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-222-son qarorlarida mamlakat böylab tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan öz ehtiyojining ma’lum qismini muqobil energiya manbalaridan işlab çiqariş belgilangan.

“Uşbu qarorlar ijrosi Sirdaryo tumani elektr ta’minoti mas’ullari tomonidan notöğri talqin qilingan. Oqibatda iste’molçilar tomonidan norozigarçiliklar yuzaga kelgan. Kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöymaslik böyiça Sirdaryo tumani elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Rasmiy bayonotda aytilgan 222-sonli prezident qarori oçiq manbalarda e’lon qilinmagan. Avvalroq Energetika vazirligi bergan bayonotda bu qaror 2024 yil 14 iyunda qabul qilingani yozilgandi. Sirdaryo HETKning bugungi bayonotida esa bu “sirli” qaror 2024 yil 31 mayda imzolangani aytilgan.

Oldinroq Kun.uz Oltinköl va Oqqörğon tumanlari, Farğona va Quvasoy şaharlarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham quyoş panellarini örnatişga majburlanayotgani haqida yozgandi. Oltinkölda panel örnatmagan tadbirkorlik sub’yektlari bir neça kunga yoppasiga elektrdan uzib qöyilgan. Demak, davlat rahbarining qarorlari boşqa hududlarda ham notöğri talqin qilinayotgan bölişi mumkin.