Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Çirçiq şahar bölimi, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Çirçiq şahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. “C.B.” MÇJga qaraşli işlab çiqariş korxonasini elektr tarmoğiga qayta ulab berişi evaziga tadbirkor Ş.dan 800 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi xizmatçisining qonunga xilof ravişda moddiy qimmatliklar olişi yoki mulkiy manfaatdor bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida elektrdan noqonuniy foydalangan fermerga “yordam” bermoqçi bölgan ETK muhandisi uşlangandi.