Andijon viloyatida tadbirkorning elektrdan noqonuniy foydalangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yöq qilib beriş evaziga 20 mln söm olgan ETK muhandislari uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Xöjaobod tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Ş.V. “X.T.” MÇJga qaraşli umumiy ovqatlaniş oşxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani holati böyiça rasmiylaştirilgan dalolatnomani yöq qilib berişi evaziga korxona rahbari X.T.dan 20 mln söm olgan vaqtida uşlangan.

Uning körsatmasiga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ filiali ma’muriy binosi oldida davom etgan tadbirda Xöjaobod ETKning yana bir muhandisi A.A. muhandis Ş.V.dan 20 mln sömni olib, şundan 5 mln sömini qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.