Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi elektr energiyasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganidan norozi bo‘lib, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan.

Qo‘mita xabarida ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi 364-sonli qarorida diniy tashkilotlar kommunal xizmatlarga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashi ko‘rsatilgan.

Hududiy boshqarma o‘rganishlari jarayonida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan. Amalda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash natijasida majmuaga nisbatan 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblangani aniqlangan.

Shu munosabat bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi kunlarda narxlarning asossiz oshirilishi alomatlari bo‘yicha “Maxam-Chirchiq” AJ, “Lukoyl” AJ, paxta-to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlariga nisbatan, reklama qonunchiligi buzilishi bo‘yicha Ipotekabankka nisbatan, haydovchilarga sug‘urta tovonini to‘lab bermayotgan “Inson”