Temur Komilovning 8 avgust kungi matbuot anjumanida berilgan savolga javoban ma’lum qilişiça, uyuşgan korrupsiyaviy jinoyatning foş etilişiga vazirlikning içki audit xizmati ötkazgan tekşiruvlar asos bölgan.
“Bu holatning tarixiga qisqaça töxtalib ötsam. 2020 yildan boşlab Xalq ta’limi vazirligi Andijon viloyati boşqarmasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida içki audit tizimini kuçaytirib, tegişli organlar bilan bir qança işlarni qilgan edik. Öşa yilning boşida Andijonda 5,9 mlrd sömlik mablağ talon-taroj qilingani aniqlanib, prokuraturaga oşirilgan edi. Örganişlar davom etib, 2020 yilning noyabr oyida 25 mlrd sömlik öğirlikni aniqlab, bu haqda rasman xabar ham bergan edik.
6 + 25 = 32 mlrd böldi. Bilasizlar, materiallar huquq-tartibot organlariga berilganidan söng, nazorat-taftişdan ötkaziladi va tegişli moliyaviy organlar uni qayta taftiş qilişadi. Öşanda 33,8 mlrd sömlik iş sudga oşirilgan edi. Şundan keyin, afsuski, bu kabi holatlar Andijonda töxtamagani ham ma’lum böldi.
2021 yil sentabr oyida vazirlikning özi masofaviy kameral tahlil ötkazgaç, özlaştiriş alomatlari borligini aniqladi. Oçiqçasiga aytaman, özimizning kuçimiz yetmadi, çunki plastik kartalardagi “oborotka” bank siri hisoblanadi. Şu sabab Hisob palatasiga rasman murojaat qildik. Palata bilan birgalikda ötkazilgan tekşirişda, afsuski, ötgan yili oktyabrda yana 11 mlrd sömdan ziyod, bu safar plastik kartoçka orqali amalga oşirilgan öğirlik aniqlandi.
Bu iş ham huquq-tartibot organlariga taqdim etildi. Şu raqamlarni qöşganda katta astronomik raqamni özingiz körib turibsiz. Huquq-tartibot organlari ötkazgan tergovda davlat moliyaviy nazorati organlari bilan birgalikda bevosita vazirlikning içki audit xizmati mas’ullari ham iştirok etişdi. Hozirgi kunda tergov işlari yakunlanib, uyuşgan jinoyat böyiça iş sudga oşirilgan. Sud organlari bu jarayon yakunlanganidan keyin belgilangan tartibda e’lon qilişsa kerak”, – dedi vazir örinbosari.

Eslatib ötamiz, 2 yildan buyon Andijon viloyati XTB boşliği bölib işlab kelgan Azizbek Mirkomilov yirik korrupsion mojaro ortidan 2022 yil 7 iyunda hibsga olingan edi.
U 48 mlrd söm budjet mablağlari talon-taroj qilinişi holati böyiça gumondorlardan biri ekani aytilgandi.
Mirkomilov uşlanişidan bir kun oldin xuddi şu jinoyat işi doirasida Andijon şahar hokimi Bahromjon Haydarov ham qölga olingan edi. Hokim eski lavozimida (viloyat moliya boşqarmasi boşliği) işlagan vaqtda korrupsiyaga qöl urganlikda gumonlanyapti.
May oyi holatiga, Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov işi doirasida 37 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan; yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan.
Fevral oyida esa Andijon şahar XTB rahbarlari 57 mlrd budjet pullarini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani ma’lum bölgandi. Kun.uz öz manbalariga tayanib bölimning sobiq va amaldagi mudirlari Sunbula Eraliyeva va Nuriddin Nazarov qamoqqa olingani, tergovga tortilayotgan şaxslar soni 40 nafarga yaqinligi haqida xabar bergandi.











