8 avgust kuni Hindistondagi şaxmat olimpiadasining navbatdagi hal qiluvçi turi bölib ötdi. 10-turda özbekistonlik şaxmatçilar çempionlik kuraşidagi asosiy raqibi bölgan Hindiston-2 jamoasi vakillariga qarşi dona surişdi.
27 yoşli Jahongir Vohidov (2564) 29 yoşli Başkaran Adxiban (2598) bilan, 20 yoşli Nodirbek Yoqubboyev (2620) esa 18 yoşli Nixal Sarin (2651) bilan bahsda durangga rozi böldi.


16 yoşli grossmeyster Javohir Sindorov (2629) dastlab juda qiyin holatdan çiqib ketib, vaziyatni tenglaştirdi, ammo uzoq davom etgan qarşilikdan keyin tengdoşi Rameşbabu Pragnanandhaga (2625) yutqazdi.

17 yoşli Nodirbek Abdusattorov (2688) esa 16 yoşli Gukeş Dommarajmu (2684) bilan qariyb beş soat davomida kuraş olib bordi. Gukeş olimpiada boşidan buyon 8 ta bahsni ğalaba bilan yakunlagan va bitta durang qayd etgandi.

Bu bahs Abdusattorov uçun öta qiyin keçdi, u dastlabki qismida vaziyatini juda oğirlaştirib qöygandi, lekin raqib yaqqol mot holatini körmay qoldi, keyin yana birin-ketin xato qila boşladi. Özbekistonlik şaxmatçi esa iroda körsatdi va fantastik ğalabaga erişib, hisob umumiy 2:2 bölişini ta’minladi.
Bu esa Özbekistonning turnirda çempionlik uçun imkoniyatini saqlab qoldi.
Bu durangdan keyin Özbekiston oçkolari sonini 17 taga yetkazgan holda birinçi örinda qolmoqda. Özbekiston musobaqada mağlubiyatga uçramagan yagona jamoa bölib turibdi.
Bu turda Ozarboyjon ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozongan Armanistonda ham şunça oçko bor.













