Şaxmat azaldan faol öynab kelingan bölsa-da, muntazam xalqaro musobaqalar XIX asrga kelibgina ötkazila boşladi. Ular har safar turliça tartibda bölaverar, köpinça hamma yiğilgandan keyin iştirokçilar soni va talabiga köra turnir qoidalari belgilab olinardi. Ayrim jamoaviy turnirlarda barça öyinçilar öz jamoadoşlarining öyinlariga ham aralaşiş huquqiga ega bölgan va köp hollarda jamoadagi bir kuçli şaxmatçi taxtadan taxtaga oşib umumiy ğalabani ilib ketavergan.

1886 yilda amerikalik Vilgelm Steynits yana bir şaxmat ustasi polşalik Iogann Tsukertortni mağlub qiladi va öyin şartiga köra jahon çempioni unvoniga ega böladi. Aynan mana şu sanadan söng dunyoning eng kuçli şaxmatçisi kim degan savol tobora baland yangray boşlaydi va turnirlar jiddiy tus oladi.

Öşa paytdagi yozilmagan qoidalarga köra, jahon çempioni raqibni özi tanlaş, sovrin jamğarmasi, ötkaziladigan hududni ham şaxsan belgilaş huquqiga ega edi. AQŞlik şaxmatçi Steynits rossiyalik Mixail Çigorinning çaqiriğini qabul qiladi va 1889, 1992 yillarda ikki marta ğolib böladi. Ammo Steynitsdan ham kuçli şaxmatçi paydo böladi. 1894, 1897 yillarda germaniyalik Emanuil Lasker uni mağlub etadi.

Emanuil Lasker şaxmat böyiça jahon çempioni unvonini 27 yil uzluksiz özida saqlab kelgan. / Foto: Chess Note

Aynan Laskerning şaxmatdagi örni beqiyos. Çunki u öta kuçli şaxmatçi böliş bilan birga, turnirlarda ma’lum talab va tartib örnata oladi, mualliflik huquqiga amal qilinişiga, şaxmatçilar gonorari yuqori bölişiga, şu tarzda ular tirikçilik taşvişidan qutulişiga harakat qiladi. Çunki undan oldingi jahon çempioni Steynits qaşşoqlikda vafot etgandi. Lasker 27 yil davomida jahon çempioni unvonini saqlab turadi va şaxmat afsonalaridan biriga aylanadi.

1924 yilda Xalqaro şaxmat federatsiyasi(FIDe)ga asos solinadi va şundan keyin butun dunyo böylab dona surayotgan millionlab işqibozlar ma’lum umumiy qoidalar bilan tanişa boşlaydilar. Yirik davlatlarning barçasida şaxmatga oid alohida naşrlar çop etiladi, yetakçi gazetalar bu öyin vazifalari körsatilgan alohida ruknlar taşkil etişadi.

Aynan şu 1924 yilda bölib ötgan Parij olimpiadasida şaxmat öyinlari ham taşkillaştiriladi. Ammo saralaş turnirlari böyiça aniq reglament işlab çiqilmagani, havaskorlar va professionallar maqomiga aniqlik kiritilmagani uçun köplab anglaşilmovçiliklar kelib çiqadi. Şunga qaramay latviyalik German Matison turnir ğolibligini qölga kiritadi. Parijda FIDega prezident ham saylanadi – gollandiyalik Aleksandr Ryub federatsiyani boşqarişga kirişadi.