Foto: Butun Hindiston şaxmat federatsiyasi / FIDE

Özbekistonlik şaxmatçilarning hindlarga qarşi öyini, jumladan, 17 yoşli Nodirbek Abdusattorov (2688) hamda 16 yoşli Gukeş Dommarajmu (2684) örtasidagi bahs tafsilotlari bilan bu yerda tanişiş mumkin.

Özbekiston va Hindiston-2 (mezbonlar musobaqada uçta jamoa bölib qatnaşdi) bahsi durang natija bilan tugagan bölsa-da, bu Özbekiston uçun bu ğalabaga teng durang böldi. Boisi aynan Nodirbek terma jamoamiz bahsni boy berayotgan bir paytda, boz ustiga yutqazib turgan partiyasini ğalabaga aylantira oldi va dunyo şaxmat ixlosmandlarining yoqimtoyiga aylandi.

Kun.uz ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan fikrlarni jamladi.

Foto: Butun Hindiston şaxmat federatsiyasi va FIDE xalqaro şaxmat federatsiyasi

“Bu buyuk qarama-qarşilikning ibtidosi bölişi mumkin”

“Gukeş uçun afsusdaman, ammo Özbekiston jamoasini, ayniqsa, hamişa ta’sirçan körinadigan Nodirbek Abdusattorovni tabriklayman”, deb yozgan grossmeyster Bet Harmon.

“Bu mislsiz jang böldi. Har ikkala grossmeyster bir-biriga kuçli zarbalar berişdi. Kelgusida ularning töqnaşuvini köriş endi yanada qiziqroq böladi”, deya fikr bildirgan Tanuj Mehta.

“Gukeş va Abdusattorov bahsida hindistonlikka muxlislik qildim, ammo u yutib turgan joyida mağlubiyatga uçradi. Abdusattorov halol öynadi va qariyb töliq boy berilgan vaziyatda ham tirişqoqlik körsatib, oxirigaça kuraşib ğolib böldi. Uning ğalabasi jamoasi uçun juda muhim durang natijani keltirdi”, deydi Frodo Baggins.

“Nodirbek va Gukeş – Yaratganning nazari tuşgan şaxmatçilar. Ularning öyinini körib, şaxmatning kelajagi porloq ekaniga işonyapman. Uşbu yoş, umidli sportçilar qaçon superyulduzlarga aylanişarkan, degan öy menga tinçlik bermayapti. Biz işonçli qöllardamiz, xonimlar va janoblar, biz işonçli qöllardamiz”,