Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Aureliya Buşez Parijga bölgan ikkita yöllanmani Dilnoza va uning turmuş örtoğiga şaxsan topşiriş istagini bildirdi. Keça, 12 avgust kuni elçi va Milliy turoperator vakili iştirokida elçixona binosida yutuqni rasman topşiriş marosimi ötkazildi.

Dilnoza Maxsetbayeva Nukus şahrida tuğilib ösgan, şu yili Toşkent farmatsevtika institutini tamomlab, iyun oyida turmuşga çiqqan.
«Mening yutuğim men va butun oilam uçun kutilmagan hodisa böldi. Biz bu haqiqat ekanligi va nihoyat Yevropaga taşrif buyurişimiz mumkinligiga oxirigaça işona olmadik. Asialuxe Travel kompaniyasi va Fransiya elçixonasiga bunday imkoniyat uçun rahmat», – dedi Dilnoza.

Toşkent - Parij - Toşkent yönalişidagi aviaçiptalar, mehmonxonada yaşaş va tibbiy suğurta turoperator tomonidan mutlaqo bepul taqdim etiladi.
Safar sentabr oyining boşiga rejalaştirilgan. Yoş oilaning Parijga bölgan sayohatini @asialuxe.travel sahifasi va ğoliblarning şaxsiy sahifalarida körişingiz mumkin böladi.


Asialuxe Travel kompaniyasi ğolibni tabriklaydi hamda Fransiya elçixonasiga hamkorlik va şunday ajoyib tanlovni taşkillaştirişdagi yordami uçun alohida minnatdorçilik bildiradi.











