Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Minuteman III qit’alararo raketasini sinovdan o‘tkazdi
Ta’kidlanishicha, sinovdan maqsad AQSh «yadroviy kuchlari shayligini» va «milliy yadroviy tiyib turishning samaradorligini» namoyish etishdir.
Foto: Reuters
Kaliforniyadagi Vandenberg harbiy-havo bazasida qurollanmagan Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi parvozi amalga oshirildi, deb xabar berdi AQSh harbiy-havo kuchlari global zarba berish qo‘mondonligi.
Xabarda aytilishicha, bundan maqsad AQSh «yadroviy kuchlari shayligini» va «milliy yadroviy tiyib turishning samaradorligini» namoyish etishdir.
«Mazkur sinov dunyoda ro‘y berayotgan hozirgi voqealar natijasi emas», — deyiladi xabarda.
Raketaning bosh bloki 4,2 ming milga yaqin (6,7 ming km) masofani bosib o‘tib, Tinch okeanidagi Marshall orollarining Kvajaleyn atolligacha yetib borgan.
Sinov avgust boshlarida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq AQSh Tayvan sababli Xitoy bilan munosabatlarda yuzaga kelgan keskinlikni kuchaytirmaslik uchun raketa parvozini kechiktirgandi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Mavzuga oid
23:27 / 02.03.2026
Trampning urushi: maktabga hujum dunyoni larzaga soldi
23:17 / 02.03.2026
Biz oson g‘alaba qozonamiz – Tramp urush boshlanganidan keyin ilk marta jonli efirda nutq so‘zladi
22:50 / 02.03.2026
“Dubay va Abu-Dabi portlagan raketa hidiga to‘lib ketdi” – qozog‘istonlik jurnalist
15:40 / 02.03.2026