Myanmada harbiy xunta nazoratidagi sud hokimiyatdan çetlatilgan boş vazir Aun San Su Çjini korrupsiya bilan boğliq törtta iş böyiça ayblab, qöşimça olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 15 avgust, duşanba kuni Myanmar Now axborot portali vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. 

Ularga köra, 77 yoşli Su Çji özi taşkil qilgan va onasi Do Kxin Çji nomini olgan xayriya jamğarmasi mablağlarini özlaştirganlikda aybdor deb topilgan. Sobiq boş vazirga taşkilotning soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarini moliyalaştirişga möljallangan mablağlari uy quriş va davlat yerlarini imtiyozli stavkada ijaraga olişga sarflangani haqida ayblov qöyildi. Aun San Su Çji buni rad etmoqda. 

Sud jarayoni jamoatçilik va OAV vakillari iştirokisiz yopiq eşiklar ortida ötdi. Su Çjining advokatlariga bu jarayonning tafsilotlarini oşkor qiliş taqiqlandi. 

Avvalgi sud jarayonlarida 1991 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofoti laureati Aun San Su Çji fitnadan tortib pandemiya çeklovlarini buzişgaça bölgan ayblovlar bilan 11 yilga qamalgan edi. Agar barça holatlarda aybdor deb topilsa, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. 

Myanmada 2021 yil fevral oyida harbiy töntariş sodir böldi. Generallar töntarişni 2020 yilgi saylovlardagi qonunbuzarliklar yuz bergani, natijada Aun San Su Çji yirik ğalabaga erişgani bilan oqladi. Harbiylar bu qonunbuzarliklar haqida dalillar keltirmadi. Töntarişdan söng Myanma tobora tartibsizlik va zöravonlikka botib bormoqda. 

Huquq himoyaçilarining aytişiça, Su Çji atayin uyuştirilgan sud jarayonining qurboni bölgan. Mutaxassislarga köra, harbiy xunta ötmişda köp yillarni uy qamoğida ötkazgan siyosatçining ovozini abadiy öçiriş niyatida. 2022 yil iyun oyida Su Çji uy qamoğidan mamlakat poytaxti Neypidoda bir kişilik kameraga ötkazildi.