Joriy yil 8-9 sentabr kunlari Toşkent şahrida Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammiti ötkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Bu haqdagi kelişuvga Venada taşkil etilgan 13-sammit çoğida erişildi. Senat raisi Tanzila Norboyeva sammit iştirokçilariga Özbekistonda gender tengligi sohasidagi islohotlar töğrisida sözlab berdi.

Sammitda respublikada xotin-qizlar siyosiy faolligini oşiriş borasidagi işlar qayd etildi.

Özbekistonda va umuman mintaqada ilk bor taşkil etilayotgan 14-sammit “Parlament yetakçi roli: yanada samarali barqarorlik va farovonlikni ta’minlaşda xavf-xatarni baholaş” mavzusiga bağişlanadi.

Sammitdan közlangan asosiy maqsad barqarorlik va farovonlikni samarali ta’minlaş uçun gender tenglikni ta’minlaş hamda xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça parlamentlar uçun ustuvor yönaliş va harakatlarni belgilab berişdan iboratdir.

Sammitda parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari ayol rahbarlari, deputatlar va xalqaro taşkilotlardan ayol vakillar iştirok etadi.

Sammit doirasida adolat, integratsiya va atrof-muhit muhofazasi, xotin-qizlar reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojlari, pandemiyadan keyingi iqtisodiyotni tiklaş, xotin-qizlar huquq va erkinliklarini internetda himoya qiliş va tarğib qiliş singari masalalar muhokama qilinadi.

Sammit yakunida Toşkent deklaratsiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan.

Parlamentlararo ittifoq 1889 yilda ta’sis etilgan bölib, xalqaro taşkilotlar orasida yoşi eng uluği hisoblanadi. Taşkilotga 178 davlat a’zo bölib kirgan.