O‘zbekiston | 10:30 / 17.08.2022
6141
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Bugun, 17 avgust kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanining Ohangrabo, Mo‘ynoq, Mumtoz, Visol, Uysozlar, Oqdaryo hamda Oq uy ko‘chalari, Yakkasaroy tumani H.Sulaymonova mahallasi Minglar hamda Mirobod 1-tor ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid