Milliarder Ilon Mask Twitter akkauntida «Mançester Yunayted»  klubini sotib olişi töğrisida hazil qilib yozganidan söng klub aksiyalari narxi 17 foizga oşdi, deb xabar berdi CNBC telekanali.

Keyinroq aksiyalar narxi pasaydi va savdolar yopilişi vaqtiga kelib bir aksiya narxi 12,78 dollarni taşkil etdi.

Ma’lumot berilişiça, Mask «Mançester Yunayted»ni sotib oladigan bölsa, bu unga taxminan 2 mlrd dollarga tuşgan bölardi.

Tesla asosçisi çorşanba kuni Twitter akkauntida «Mançester Yunayted»ni sotib olayotganini yozdi. Obunaçilar savoliga javob berarkan, u bu tvitiga jiddiy e’tibor bermasliklarini söradi.

«Bu Tvitterdagi eski hazil. Men heç qanday sport klubini sotib olmayapman», — deb yozdi u.

Şu bilan birga, Mask bolaligidagi eng sevimli klubi «Mançester Yunayted» bölganini ta’kidladi.