O‘zbekiston | 10:37 / 18.08.2022
13689
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi

Bugun, 18 avgust kuni tush payti magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 ballik o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. 

“O‘zgidromet” xodimi Erkin Abdulahadovning xabar berishicha, 18-19 avgust kunlari shimoliy yarimshar, xususan, O‘zbekistonda ham magnit bo‘roni o‘ta faol bosqichi kuzatiladi.

Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

G4 darajalik magnit bo‘roni yuqoriroq ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 6 ballik magnit maydon geomagnit po‘rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yo‘ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya oqimi, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Bugun kun davomida juda ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.

Magnit bo‘roni – Quyosh shamoli ta’sirida Yer magnitosferasi vaqtincha o‘zgarishi. Quyosh shamoli kuchayishi magnitosferani ma’lum darajada siqadi. Bundan tashqari, quyosh shamoli Yer nng magnit maydoni bilan o‘zaro reaksiyaga kirib, undan ajralgan energiya bir qismini magnitosferaga o‘tkazadi. Bu magnitosfera bo‘ylab plazma to‘lqinlari harakati tezlanishi va elektr oqimi kuchayishiga olib keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid