
Özbekiston 2023 yil 1 yanvardan Saudiya Arabistoni fuqarolari uçun özining mamlakati yoki uçinçi davlatga jönab ketiş çiptalarini taqdim etgan holda 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etadi. Bu prezident Şavkat Mirziyoyevning 16 avgustdagi qarorida közda tutilgan.
Qaror madaniy, ilmiy va sarmoyaviy muhitni yaxşilaş, şuningdek, Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantiriş uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi, turizm salohiyatiga ijobiy ta’sir körsatiş maqsadida qabul qilingan.
Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni fuqarolari uçun turistik vizalarni rasmiylaştirişning soddalaştirilgan tartibi mavjud davlatlar röyxatiga kiritilgan.
Bundan taşqari, ular Özbekistonga vizasiz tranzit kiriş, vaqtinça böliş va Özbekistondan çiqiş huquqiga ega.












