Ma’lum qilinişiça, Boyovut tumanida tuğilgan 32 yoşli şaxs Guliston şahrida joylaşgan avtobekatda Guliston—Döstlik yönalişi böyiça yölovçi kutib turgan 62 yoşli haydovçi bilan 140 ming söm evaziga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga eltib qöyişini kelişgan.

Maşina Xovos şaharçasiga yetganida, yölovçi haydovçiga oila a’zolarini ham oliş kerakligini aytgan. Haydovçi yönalişni özgartirib, dastlab Boyovut tumani markaziga, şundan söng Guliston tumani Yulduz mahallasiga, yölovçining uyiga kelgan.

Yölovçi şu yerda yölkira haqini bermaslik maqsadida haydovçi bilan tortişib qolgan va haydovçini urgan. Söng böynidan arqon bilan böğib, qasddan öldirgan.

Jinoyat işi hujjatlariga köra, ayblanuvçi probatsiya guruhida röyxatda turib, jazoni ötaşdan qasddan böyin tovlab yurgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, Sirdaryo viloyati prokuraturasi tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatida yaşovçi ikki ösmir Spark haydovçisini böğib öldirib, maşinani yoqib yuborgandi.