Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 4 iyul kuni Mirzaçöl tumani hududidan oqib ötuvçi PR-8 kanalidan örta yoşli erkakning jasadi va yonib ketgan Spark maşinasi topilgan.

Dastlabki suriştiruvlarda jasadning şaxsiga aniqlik kiritilganda, u Toşkent şahri Mirobod tumanida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan fuqaro ekani aniqlangan. Spark maşinasi ham unga tegişli bölgan.

Jizzax viloyati prokuraturasi va IIB xodimlari hamkorlikda olib borgan tezkor qidiruv işlari davomida uşbu jinoyatni Paxtakor tumani Döstlik mahallasida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan va Arnasoy tumani Çölquvar mahallasida yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan yigitlar sodir etgani aniqlangan. Ulardan daliliy aşyo sifatida erkaklar boş va oyoq kiyimlari, marhumga tegişli universal piçoq rasmiylaştirib olingan. Şundan söng 17 va 18 yoşli ikki yigit gumonlanuvçi sifatida qölga olingan.

Dastlabki suriştiruvlarda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi avtomobillarni yuviş şoxobçasida işlagan ikki yigit uyiga ketiş maqsadida Toşkent–Jizzax yönalişli taksilari qatnaydigan bekatga kelgani aniqlangan. Ular bu yerda Spark maşinasi haydovçisiga 200 ming söm evaziga Jizzax şahriga olib borib qöyişni söraşgan. U rozi bölgan.

 Sirdaryo viloyatida maşina töxtagan vaqtida yigitlardan biri haydovçini böğgan, şerigi unga yordamlaşgan. Haydovçi vafot etgandan söng uni orqa örindiqqa yotqizib, Spark’ni Mirzaçöl tumaniga olib borişgan va jasadni kanalga taşlab yuborişgan.

Söng gumonlanuvçilar maşinani yoqib yuborib, davlat raqami belgilarini kömib taşlaşgan.

Qayd etilişiça, mazkur qotillik yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan iş qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.