Bugungi kunda ITB bilan birgalikda uy-joy kommunal infratuzilmani modernizatsiya qiliş, qişloqlarni, soğliqni saqlaş, ta’lim, suv xöjaligi, tadbirkorlik va boşqa sohalarni rivojlantiriş böyiça umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Joriy yil yakunigaça bank tomonidan 1,6 mlrd dollarlik öta muhim loyiha va dasturlarni moliyalaştirişni ma’qullaş nazarda tutilgan alohida dastur qabul qilindi. 

Bankning Toşkentdagi tölaqonli vakolatxonasini tez fursatda taşkil etiş, yangi moliyalaştiriş vositalarini joriy qiliş muhim ekani ta’kidlandi. Özbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş jamğarmasi kambağallikni qisqartiriş, aholi farovonligini oşiriş, tadbirkorlikni, ayollar va yoşlar biznesini rivojlantiriş borasidagi vazifalar yeçimiga muhim hissa qöşişiga işonç bildirildi.

Transport infratuzilmasi böyiça mintaqaviy loyihalarni, Orolböyida ekologik dasturlarni amalga oşiriş borasidagi hamkorlik, IHT alohida trast fondi kömagida Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş va uni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Bank boşçiligidagi islom olami yetakçi moliyaviy institutlarini öz içiga olgan Arab muvofiqlaştiriş guruhi navbatdagi yiğilişini Toşkent şahrida ötkaziş muddatlarini körib çiqiş yuzasidan kelişuvga erişildi.