15 avgustdagi hukumat qaroriga köra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqiçiga öqişga qabul qilingan va öqiyotgan xotin-qizlarga bazaviy tölov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari töliq tölab beriladi.
Buning uçun talabgorlar 15 sentabrga qadar OTM rektori (yoki filial direktori) nomiga ariza yozişi kerak, bu muddatdan keç berilgan arizalar qabul qilinmaydi va kontrakt pullari tölab berilmaydi.
Hozirda magistratura bosqiçida öqiyotgan, tabaqalaştirilgan kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlar ularga ham kontrakt tölovlari tölab beriladimi, degan savol bilan murojaat qilmoqda.
Kun.uz bu borada Oliy va örta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati mutaxassisi Zafar Amirqulovdan izoh oldi.
Uning sözlariga köra, yangi tartib faqat bazaviy kontrakt böyiça qabul qilinganlarga nisbatan amal qiladi.
“Masalan, kvotada jami 10 ta, şundan 2 ta grant 8 ta kontrakt ajratilgan bölsa, natijasiga köra birinçi 8 talikda talabalikka tavsiya etilgan magistrlarning bu yilgi kontrakt summalari qoplab beriladi. 8 tadan taşqari qöşimça qabul qilinganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bu faqat birinçi kursga qabul qilinadigan talabalar uçun. Agar magistratura bosqiçida öqiyotgan xotin-qizlar birinçi kursga kvotadan taşqari, tabaqalaştirilgan kontrakt asosida qabul qilingan bölsa, ularga ham ikkinçi kursdan kontrakt summasi qoplab beriladi”, – dedi u.
Demak, ikki holatda magistraturadagi xotin-qizlarga kontrakt summalari qoplab berilmaydi: agar talabgor 15 sentabrdan keçikib ariza bersa yoki kvotadan taşqari qabul qilingan bölsa. Talaba ikkinçi kursdan bazaviy kontraktga ötganda, kontrakt qoplab beriladi.
Demak, ikki holatda magistraturadagi xotin-qizlarga kontrakt summalari qoplab berilmaydi: agar talabgor 15 sentabrdan keçikib ariza bersa yoki kvotadan taşqari qabul qilingan bölsa.
Eslatib ötamiz, bu tartib davlat oliygohlari bilan birga Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, Boş prokuratura Akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Bank-moliya akademiyasiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Nodavlat va xorijiy OTMlarning Özbekistondagi filiallarida magistratura bosqiçida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.













