AQŞning Ratger universiteti olimlari yadro uruşi oqibatlarini yengişda qaysi mamlakatlarning imkoniyatlari yuqori ekanligi haqidagi tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, hattoki Hindiston va Pokiston örtasida yadroviy uruş kelib çiqqan taqdirda ham, beş yil içida örtaça global kaloriya iste’moli 7 foizga kamayadi. Eng ayançli ssenariy – Qöşma Ştatlar va Rossiya örtasidagi töliq miqyosdagi yadroviy qarama-qarşilik yuz bergan taqdirda, global kaloriya iste’moli keyingi uç-tört yil içida taxminan 90 foizga pasayib ketadi. Yer aholisi esa beş milliard kişiga qisqarişi mumkin, sayyorada uzoq muddatli yadro qişi boşlanadi.
Tadqiqotçilar taxminiy yadroviy mojaroning bir neçta ssenariylarini simulyatsiya qilişdi va uning har bir mamlakatdagi asosiy ekinlar (makkajöxori, şoli, bahorgi buğdoy va soya), şuningdek, çorvaçilik va baliqçilikka ta’sirini körib çiqişgan.
Hosildorlikning pasayişi örta va yuqori kenglikdagi mamlakatlar, xususan, Rossiya va AQŞ kabi asosiy eksportçi mamlakatlarda jiddiy tarzda keçadi, bu esa eksport çeklovlariga olib kelişi va Afrika va Yaqin Şarqdagi importga qaram bölgan davlatlarda jiddiy uzilişlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Avstraliya va Yangi Zelandiya eng kam zarar köradi, ammo ular Osiyo mamlakatlari va boşqa davlatlardan keladigan qoçqinlar oqimiga duç keladi.
“AQŞ, uning ittifoqdoşlari va Rossiya örtasida faraziy uruş yuz bergan taqdirda, atmosferaning yuqori qatlamida 150 teragrammdan ortiq (165 mln tonna) qurum hosil bölişi mumkin”, deydi olimlar.
Prognozlarga köra, Avstraliya va Argentina atmosferaga eng köp miqdorda zaharli qurum tarqalgan taqdirda ham, aholi jon boşiga iste’mol qilinadigan kilokaloriya miqdorini saqlab qola oladi.
Ma’lumot uçun, BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari – AQŞ, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoy, şuningdek, Hindiston, Isroil, KXDR va Pokiston kabi mamlakatlar yadro quroliga ega ekanligi aytiladi.












