Turkiyaning Konya şahrida bölib ötayotgan V Islom birdamligi öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan özbekistonlik sportçilar va ularning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanadigan böldi.

Prezident qaroriga asosan, sportçilar:

  • oltin medal uçun – $5 000;
  • kumuş medal uçun – $3 000;
  • bronza medal uçun – $2 000;

ğolib va sovrindor sportçilarni tayyorlagan murabbiylar:

  • oltin medal uçun – $2 500;
  • kumuş medal uçun – $1 500;
  • bronza medal uçun – $1 000 miqdorida har bir medal uçun bir martalik pul mukofotlari beriladi.

Xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Özbekiston hozirgaça 48ta oltin, 39ta kumuş, 56ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan söng 2-örinni egallab turibdi. Musobaqa bugun, 18 avgust kuni yakuniga yetadi.