24ta sport turida 268ta sportçi bilan qatnaşgan Özbekiston delegatsiyasi 51ta oltin, 42ta kumuş va 65ta bronza
— jami 158ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-örinni egalladi.
Kuçli önlik quyidagiça köriniş oldi:
- Turkiya 145-107-89
- Özbekiston 51-42-65
- Eron 39-44-50
- Ozarboyjon 29-36-34
- Qozoğiston 27-23-39
- Marokaş 15-13-34
- Indoneziya 13-14-29
- Bahrayn 9-7-7
- Qirğiziston 8-8-15
- Jazoir 7-12-23
Özbekiston hisobiga eng köp oltin medalni oğir atletikaçilar (15-3-6) keltirişdi. Şuningdek, dzyudo (6-2-5), kuraş (4-4-10), yengil atletika (4-2-2), taekvondo (4-0-4), kikboks (2-7-12), badiiy gimnastika (2-6-1), suziş (2-5-5), sport gimnastikasi (2-4-2), qiliçbozlik (2-3-9), para suziş (2-2-2), veloşosse (2-2-1), karate (2-0-1), velotrek (1-2-3), para yengil atletika (1-0-0), stol tennisi (0-0-1) hamda öq otişda (0-0-1) ham sportçilarimiz ğolib va sovrindorlar qatoridan örin olişdi.

Oğir atletikada Ruslan Nuriddinov, Akbar Jörayev, Sarvar Zafarjonov va Tursunoy Jabborova, velosportda Olga Zabelinskaya 3tadan oltin medalni qölga kiritişdi.

Para suzişda Azizbek Boynazarov 2ta oltin, 1ta kumuş va 1ta bronzani; oğir atletikada Adhamjon Ergaşev 2ta oltin va 1ta kumuşni delegatsiya hisobiga yozdirib qöydi.

Bellaşuvlarning sönggi kunida 47 yoşli afsonaviy gimnastikaçi Oksana Çusovitina ham şohsupaning eng yuqori poğonasidan örin oldi.
Kuni keça prezident mazkur musobaqada ğolib va sovrindor bölgan özbekistonlik sportçilar va ularning murabbiylarini pul mukofotlari bilan taqdirlaş haqida qaror imzolagan edi











