Turkiyaning Konya şahrida ötayotgan V Islom birdamligi öyinlarining 15-16 avgust kungi bahslari Özbekiston delegatsiyasi uçun juda omadli keldi.

Bungaça turnirdagi medallar soni böyiça 3-örinda borayotgan vakillarimiz sönggi ikki kundagi natijalar evaziga 4-5-örindagi Ozarboyjon va Qozoğiston ta’qibidan uzoqlaşiş bilan birga Erondan ham özib, mezbon va peşqadam Turkiyadan keyingi 2-öringa kötarilib olişga erişdi.

Bunday natijaga erişilganiga ayniqsa, oğir atletika böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zolarining oltin medallari muhim örin tutdi.

Ruslan Nurudinov – mutlaq çempion

15 avgust kuni özbekistonlik oğir atletikaçi, Olimpiada çempioni Ruslan Nurudinov çempionlikka erişgan musobaqalari sonini yana bittaga köpaytirdi.

Islom birdamligi öyinlarida -109 kg vazn toifasida iştirok etgan Nurudinov dast kötarişda 187 kg, siltab kötarişda 230 kg va ikki kuraş böyiça 417 kg toş bilan öyinlar rekordini örnatgan holda ğalabani tantana qildi va delegatsiyamiz hisobiga 3ta oltin medalni qöşib qöydi.

Akbar Jörayev – rekordçi va 3ta «oltin» sohibi!

Ruslanning benefisidan köp ötmay, yana bir oğir atletikaçi Akbar Jörayev katta sahnaga çiqdi. +109kg vazn toifasida yurtimiz şarafini Akbar Jörayev himoya qildi va dast kötarişda 200 kg toş bilan Islom birdamlik öyinlari rekordini örnatib, oltin medal sohibi böldi.

Foto: Sportni rivojlantiriş vazirligi

Siltab kötariş maşqida ham Akbar raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Özbekistonlik Olimpiada-2020 çempioni uçala urinişidan unumli foydalandi (23, 242, 246) va yangi rekord hamda ikkinçi oltin medalini yutdi.

Ikkikuraş natijasi (446kg) böyiça esa yurtdoşimiz mutlaq çempionlikni qölga kiritiş barobarida Özbekiston delegatsiyasi uçun muhim bölgan 3ta oltin medalni taqdim etdi.

Carvarbek Zafarjonovdan ham 3ta «oltin»