Ğolib va sovrindorlarni aeroportda boş vazir Abdulla Aripov boşçiligidagi davlat rasmiylari kötarinki ruhda kutib olişdi.


Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov yiğilganlarga mamlakat rahbari tabrigini va ğoliblarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlaş böyiça qarorni öqib berdi.

Şundan söng qahramonlar şarafiga şe’r öqildi, kuy-qöşiqlar yangradi.
Tadbirdan söng bir qator çempionlar bilan suhbatlaşdik.

Oğir atletika böyiça 3ta oltinni qölga kiritgan Ruslan Nuriddinov navbatdagi ğalabadan söng ham hayajonda: «Şoda-şoda medallar bilan kelyapmiz. Islom davlatlari içida 2-örin, 158ta medal! Albatta, hayajonda bölamiz. Kiçik bir mehnatimiz e’tirof etilayotganidan doim xursandmiz».

Uç hatlab sakraş böyiça çempion, 15 yoşli Şarifa Davronova tajribali raqiblarini doğda qoldirganidan xursandligini yaşirmadi: «Musobaqa men uçun juda ham qiyin böldi. Kuçli raqiblar yiğilgandi. Eng yoşi men edim. Ğalabadan xursandman. Bu hali boşlanişi.
Kumuşning oltinga aylanişi? Hakamlarning xatosi sabab 2-örin bölayotgandi. Keyin apellyatsiya berdik. Körib çiqişgaç, menga oltinni qaytarişdi».
Oğir atletikada 2ta oltin va 1ta kumuşni Özbekistonga taqdim etgan Adhamjon Ergaşev mezbon sportçining «hurmatini joyiga qöyganini» aytdi: «Taassurotlar juda ajoyib. Ilk bor bu turnirda iştirok etdim. Bu 3ta medal katta motivatsiya böldi. Çunki bizda doim bittadan medal taqdim etilardi, bu safar uçala yönalişda alohida berişdi.












