Hodisa joyi boş prokuror birinçi örinbosari Bahriddin Valiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev, Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov, mutasaddi idoralar rahbarlari hamda viloyat va tuman IIB tezkor-tergov guruhi xodimlari iştirokida közdan keçirilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksi 262-moddasi (Transportni ta’mirlaş yoki uni foydalanişga çiqariş qoidalarini buziş) 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, 18 avgust kuni taxminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida portlaş sodir bölgandi.
Xorazm viloyati Boğot tumanidagi avtomaktabga tegişli bölgan “Isuzu” rusumli avtobus metan gaz töldirib çiqqan vaqtda unga örnatilgan gaz balonlari birida portlaş sodir bölgan.
Hodisa oqibatida 6 kişi voqea joyida vafot etgan va 15 kişi tan jarohati olgan.












