Bu haqda mamlakat adliya vaziri Bekir Bözdoğ 19 iyul kuni Turkiyaning CNN Turk telekanali efirida ma’lum qildi.

«Saylovlar 2023 yil 18 iyun kuni bölib ötadi, muxolifat saylov vaqtini belgilay olmaydi», dedi Bözdoğ prezidentlik saylovlari haqida. 

Vazirning qayd etişiça, bu joriy prezident Rajab Toyyib Erdöğan prezidentlikka nomzod sifatida iştirok etadigan ikkinçi saylov böladi. 

Bözdoğ uning xabari izoh talab qilmasligini qöşimça qildi. 

Turkiya konstitutsiyasi 101-moddasiga köra, prezident «40 yoşga tölgan, oliy ma’lumotli va parlament deputatligiga saylaniş huquqiga ega Turkiya fuqarolari orasidan töğridan töğri xalq tomonidan saylanadi». 

Oxirgi umumxalq saylovlarida «yakka tartibda yoki birgalikda umumiy haqiqiy ovozlar kamida beş foizini olgan siyosiy partiyalarga ega bölgan kamida yuz ming saylovçi» prezidentlikka nomzod körsatişi mumkin.