Moskva viloyatida avtomobili portlaşi oqibatida halok bölgan faylasuf Aleksandr Dugin qizining öldirilişiga Ukrainaning heç qanday aloqasi yöq, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak.
Darya Dugina 20 avgust kuni keçqurun halok böldi. Özini özi e’lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasi rahbari Denis Puşilin uning ölimida «Ukraina rejimi terrorçilari» aybdor ekanini aytdi.
«Ta’kidlayman, albatta, Ukrainaning bunga heç qanday aloqasi yöq», — dedi Podolyak.
Agar Darya Duginaning ölimiga Ukrainaning aloqadorligi tasdiqlansa, u holda «Kiyev rejimi tomonidan amalga oşirilayotgan davlat terrorizmi siyosati» haqida gapiriş kerak, deb yozdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Telegram kanalida.
«Yillar davomida yetarli faktlar töplandi: zöravonlikka siyosiy çaqiriqlardan tortib, Ukraina davlat tuzilmalarining jinoyatlarda rahbarligi va iştirokigaça», dedi u va tergov natijalarini kutiş kerakligini qöşimça qildi.
Dugina 20 avgust kuni keçqurun Moskva viloyatida avtomobili portlaşi oqibatida vafot etdi. Tergov ma’lumotlariga köra, avtomobilning haydovçi tomon ostiga portlovçi moslama örnatilgan. Voqea böyiça Tergov qömitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (umumjamiyat uçun xavfli tarzda sodir etilgan qotillik) böyiça jinoyat işi oçilgan.
Aleksandr Dugin va uning qizi Darya Moskva viloyatining Zaxarovo qişloğidagi «Traditsiya» festivaliga borişgan. Ular Moskvaga birga qaytişni rejalaştirişgan, ammo sönggi lahzada Dugin boşqa avtomobilga ötirgan. Bu esa uning hayotini saqlab qolgan. Festivaldan qaytişda Darya halok bölgan.
Tergov qömitasi Duginaning öldirilişi buyurtma asosida bajarilgan deb hisoblamoqda. Katta ehtimol bilan asosiy nişon Darya emas, balki uning otasi bölgan.
Aleksandr Dugin faylasuf va konservativ publitsist, «Rus dunyosi» va neoyevrosiyo mafkurasining tarğibotçilaridan biri sifatida tanilgan. U Rossiyaning qöşni davlatlar ustidan hukmronlik qilişi kerakligi, AQŞ va NATO ta’siriga qarşi turişi lozimligi haqidagi ğoyalar tarafdori hisoblanadi. Dugin köp yillar davomida Moskvani jahon sahnasida yanada tajovuzkor bölişga çaqirib kelgan.
Ğarb ommaviy axborot vositalari uni zamonaviy Rossiyaning asosiy mafkuraçilaridan biri, unga Vladimir Putin, Kreml rasmiylari va köplab amaldorlar quloq soladi deb hisoblaydi.












