Portlaş Moskva yaqinidagi Mojaysk şossesida sodir bölgan. Bu yöl Moskva halqa yölidan 25 km uzoqlikda joylaşgan. 29 yoşli Darya Dugina bölgan Land Cruiser Prado ketayotganda portlab, yöl çetiga çiqib qolgan va yonib ketgan. Qiz voqea joyida halok bölgan, maşina parçalari yöl böylab soçilib ketgan.
Rossiya Tergov qömitasi qotillik buyurtma qilingani ehtimoli yuqori ekanini ma’lum qildi. Qömita ma’lumotida aytilişiça, portlovçi modda maşinaning haydovçi ötiradigan örindiq pastiga örnatilgan.
Bugun, 22 avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik ximati (FXX) uşbu qotillikni amalga oşirişda 1979 yilda tuğilgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk gumonlanayotganini ma’lum qilgan. FXX xabarida aytilişiça, bu ayol 2010 yilda tuğilgan qizi bilan 23 iyul kuni Rossiyaga borgan. Keyin Dugina yaşaydigan uydan ijaraga kvartira olib yaşab, uni kuzatgan.
FXXga köra, Natalya Vovk «Mişi Kuper» maşinasida Duginani kuzatgan. Maşinada uç marta raqamini özgartirgan: «DXR», Qozoğiston va Ukraina raqamlariga. Xabarda aytilişiça, ayol Dugina ötirgan maşinani portlatgaç, Pskov viloyati orqali Estoniyaga çiqib ketgan. Eslatib ötamiz, bu –Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining versiyasi.
Tergov qömitasi holat böyiça jinoiy iş oçgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qotillikning asosiy nişoni Aleksandr Dugin bölgani aytilmoqda. Ota-bola portlaşdan bir neça soat avval Moskva yaqinidagi «An’ana» nomli festivalda faxriy mehmon sifatida iştirok etgan, Dugin ma’ruza ham qilgan. «112» Telegram-kanalining yozişiça, aynan festival ötgan joyning avtoturargohida Duginaning maşinasiga qölbola bomba örnatilgan bölişi mumkin.
Guvohlarning aytişiça, Dugin Moskvaga qizi bilan birga qaytişni rejalaştirgan, ammo oxirgi daqiqalarda boşqa maşinaga ötirişga qaror qilgan. Ota-bola festivalda birga suratga ham tuşgan. Rossiyadagi Telegram-kanallarda tarqalgan videolarda Dugin qizining yonayotgan maşinasiga boşini çangallagança qarab turgani köringan. U orqadagi maşinada ketayotgan bölgan.
Yozuvçi Zaxar Prilepinning aytişiça, festival ötkazilgan boğning turargohida köplab yozuvçilar, şuningdek, özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR» jangçilari, zaxiradagi harbiylar bölgan.
Aleksandr Dugin kim?

















