Prezident tadbirkorlar uçun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
|01:56 / 23.08.202280 4657 min
22 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida köplab yangiliklarni e’lon qildi. Kun.uz davlat rahbari bildirgan barça taşabbuslarni zarur izohlar bilan sanab ötadi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Korxonalar toifalarga ajratiladi
Prezident soha vakillarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan 5 ta yönalişda taşabbuslarni bildirdi. Birinçi yönalişga köra, korxonalar toifalarga ajratilib, ularni qöllab-quvvatlaş böyiça alohida yondaşuv belgilanadi.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi böyiça toifalarga ajratiladi. Bular:
1 milliard sömgaça bölgani – mikro biznes;
10 milliard sömgaça bölgani – kiçik biznes;
100 milliard sömgaça bölgani örta biznes toifasiga kiradi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab mikro biznes uçun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgaça bölgan stavkalari örniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.
Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uçun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlanib qoladi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravişda yiliga 20-30 million söm tölasa, buxgalteriya hisobini yuritiş va soliq idoralariga taqdim etiş majburiyatidan ozod etiladi. Davlat soliq qömitasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu rejim kimga qanday tadbiq etilişi borasida alohida tartib işlab çiqiladi.
Toifalar böyiça alohida soliq rejimlari joriy qilinadi
Ikkinçi toifa, ya’ni aylanmasi 1 milliard sömdan oşib, umumiy soliq tölaş tartibiga ötgan korxonalar bir yil davomida foyda soliğini 2 barobar kam tölaydi.
2023 yil 1 yanvardan:
kiçikdan örta biznesga ötgan korxonalar ikki yil davomida foyda soliğining faqat 50 foizini tölaydi;
mulkni suğurta qiliş xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
soddalaştirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
davlat xaridlarida 20 foiz kvota örnatilib, uşbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablağ tölab beriladi (amalda 15 foiz).
Mavzuga oid
QQS stavkasi pasaytiriladi
2023 yil 1 yanvardan boşlab qöşilgan qiymat soliği stavkasi hozirgi 15 foizdan 12 foizga tuşiriladi.
Prezident 2023 yildan QQS 12 foiz bölişi haqida ötgan yili prezidentlik saylovlari oldidan e’lon qilgan edi. Bu keyinçalik 2022 yilgi “Budjetnoma”da ham aks etdi.
“Oçiq aytişim kerak, “iqtisodiyot pandemiya tufayli hali töliq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxşi emas, şu sababli buni keyinga qoldiraylik”, deb taklif berganlar ham böldi”, – dediŞavkat Mirziyoyev bugungi nutqida.
Tadbirkorlarning oşirilgan soliq stavkalari böyiça hisoblangan 2 trillion sömlik qarzlaridan voz keçiladi
Joriy yil 1 iyuldan boşlab böş bino, foydalanilmayotgan yer uçastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oşirilgan stavkalarini qöllaş bekor qilingan edi.
Lekin avval oşirib hisoblangan soliqlar nima böladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu böyiça köplab murojaatlar kelib tuşgan.
“Şularni inobatga olib, tadbirkorlarning oşirilgan soliq stavkalari böyiça hisoblangan 2 trillion sömlik qarzlaridan butunlay voz keçsak, nima deysizlar?” – ta’kidladi davlat rahbari.
Kiçik biznes loyihalariga 20 trillion söm yönaltiriladi
Prezident ilgari surgan ikkinçi taşabbus – tadbirkorlar faoliyatini kengaytiriş, yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun qulay moliyalaştiriş tizimini yaratiş borasida böldi.
Bu borada kiçik biznes loyihalariga 20 trillion söm yönaltirilişi ma’lum qilindi.
Tuman va şaharlar uçun biznesga alohida yondaşuvlar joriy qilinadi.
Uçinçi yönaliş haqida söz yuritar ekan, Prezident kredit beriş masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketişi uçun yetarli şart-şaroit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini qayd etdi.
Şu sababli, eng avvalo, tuman va şaharlarning şaroitidan kelib çiqib biznes uçun alohida yondaşuvlar joriy etiladi.
Tadbirkorlarning mulki himoyasi kuçaytiriladi
Bu taşabbus 4-yönaliş sifatida ilgari surildi. Bundan buyon yer va mulk ajratiş haqidagi qarorlarni bekor qiliş faqat sud tartibida böladi.
Şavkat Mirziyoyev hokimlarning mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilişga yöl qöyilmasligini aytdi. Ya’ni huquq beruvçi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topişi mumkin böladi.
“Böldi endi, bir hokim keladi, ikkinçisi uning qarorini bekor qiladi. Bu nima degan gap?” – dedi prezident.
Tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qöyiş amaliyoti özgaradi
Ötgan 3 yilda tergovçilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar köp mol-mulk xatlangan (1,5 trillion söm).
Endilikda har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan körib çiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo çoralarini joriy etişga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi
Beşinçi yönaliş sifatida tadbirkorlar faoliyatini nazorat qiliş va ularni javobgarlikka tortiş masalalari tilga olindi.
Jazo çoralarini qöllaşga 3 yillik moratoriy e’lon qilinişi bilan birga, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yöl qöygan xatosi uçun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qöllanilmaydi.
Soliq tekşiruvlari bilan boğliq jazolar yengillaştiriladi
Kiçik biznes vakillari tomonidan soliq tekşiruvlari bilan boğliq jarimalarning turi köpligi va oğirligi masalasi böyiça köplab murojaatlar kelib tuşgan. Misol uçun, bugungi kunda aylanmadan soliq tölayotgan 370 mingdan ziyod kiçik tadbirkorlarning soliq böyiça örtaça oylik tölovi 1 million söm atrofida.
Lekin, kassa çeki bermagani uçun 5 milliondan 10 million sömgaça moliyaviy, şuningdek 3 milliondan 12 million sömgaça ma’muriy jarima solinadi. Ya’ni kiçik tadbirkorlar uçun ham, yirik korxonalar uçun ham jazo bir xil.
Savdo sohasida faoliyat körsatadigan tadbirkorlarni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yeçiladi, ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uçun jinoiy javobgarlik töliq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi).
Birinçi marta xato qilgan kiçik biznes vakillariga jazo çorasi qöllanilmaydi. Buning örniga kamçiliklarni bartaraf etişga soliq idoralari kömakçi böladigan tizim joriy etiladi. Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning tölayotgan soliğidan oşib ketmasligi kerak.
Savdo-sanoat palatasi kuçayadi
Savdo-sanoat palatasi hukumat böysunuvidan töliq çiqariladi. Palata hukumatga körib çiqişi majburiy bölgan masala kiritiş vakolatini oladi.
Bundan taşqari, SSPga tadbirkor manfaatini közlab Oliy sudga ariza beriş hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat işlari böyiça sud qarorlarini qayta körib çiqiş yuzasidan şikoyat kiritiş vakolatlari ham beriladi.
Öz navbatida, SSPning hududiy boşqarma va bölimlari ham hokim va boşqa hududiy rahbarlarga körib çiqişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş huquqiga ega böladi.
Jamoatçilik kengaşi va yangi unvon
Yuqorida aytilgan barça takliflarni amalga oşiriş uçun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça Jamoatçilik kengaşi tuziladigan böldi.
Bundan taşqari, “Özbekistonda xizmat körsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ham ta’sis etiladi.