Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21-sonli mehribonlik uyi binosi va hududi XTV balansida qoladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi yopilishi haqidagi xabarga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar hudud obodonlashtirishga berilishidan xavotir bildirmoqda.
Mehribonlik.uz’ning xabar berishicha, 21-sonli mehribonlik uyi binosi va hududi Xalq ta’limi vazirligi balansida qoladi. Bu yerda bolalar muassasasi ham bo‘ladi. Uning turi va maqomi endilikda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Bu yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.
Ilgari yopilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalari Xalq ta’limi vazirligi balansida qoladi va ulardan faqat bolalar manfaatlarini ko‘zlab foydalaniladi.
Avvalroq respublikada 13 ta mehribonlik uyi, 4 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi yopilgan edi.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar ilgari mehribonlik uylariga qarashli bo‘lgan 6 ta obektda joylashgan. Qo‘qon shahridagi sobiq 12-sonli mehribonlik uyi binosida ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat ko‘rsatmoqda. Marg‘ilon shahrida 1-sonli mehribonlik uyi o‘rnida eshitish qobiliyati past va kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati foydalanishga topshirildi. Qolgan 4 ta mehribonlik uyida, Andijon viloyatidagi bolalar shaharchasida qanday bolalar muassasalari ochilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinmoqda.
4 ta yopiq bolalar shaharchasidan 2 tasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari ham tashkil etiladi. Navoiy viloyatidagi bolalar shaharchasida esa Prezident maktabi filiali ochiladi.
Ilgari bolalar uyi joylashgan binolar ham bolalar ehtiyojlari uchun topshirilgan. Guliston shahrida uning o‘rnida imkoniyati cheklangan bolalar uchun tibbiy reabilitatsiya markazi ochilgan, Farg‘ona shahrida Bolalar davolash-reabilitatsiya markazi ish boshlagan.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025