
Toşkent şahar Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabariga köra, örganiş jarayoniga ekologik mobil laboratoriya ham jalb qilinib, Bözsuv kanaliga taşlanayotgan oqova suvlardan, kanal 500 metr tepa va past qismlaridan tahlil uçun namunalar olindi.
Örganişlar davomida suv qora rangda ekani töqimaçilik korxonalarida işlab çiqariş jarayonida hosil böladigan rangli oqova suvlar bilan boğliqligi ma’lum böldi.
“Bözsuv aeratsiya stansiyasi” texnologik jarayonlari közdan keçirilgan hamda uşbu tozalaş inşootiga muntazam ravişda me’yordan ortiq ifloslangan moddalar va rangli eritmalar taşlab kelayotgan 7 ta töqimaçilik va 2 ta qoğozni qayta işlovçi korxonalar röyxati şakllantirilgan.
Endilikda har bir korxona faoliyatini tekşiriş yuzasidan biznes-Ombudsmanga buyurtmalar kiritilib, belgilangan tartibda ekologik nazorat, örganiş işlari olib boriladi.












