Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya parlamenti energiyani tejash bo‘yicha rejani tasdiqladi
Ispaniyada energiya tejash choralari mamlakatda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Parlament qonun loyihasini ovozlarning deyarli teng taqsimlanishi bilan ma’qulladi.
Ispaniya parlamenti 25 avgust, payshanba kuni mamlakatda avvalroq muhokamalarga sabab bo‘lgan «Tejamkorlik va energiyani boshqarish bo‘yicha dolzarb reja»ni tasdiqladi. Qirollik farmoniga ko‘ra, energiya tejash bo‘yicha chora-tadbirlar 10 avgustdan boshlab ishlay boshladi, biroq ularni amalga oshirishni davom ettirish uchun hujjat parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak edi.
Natijada 187 nafar deputat rejani yoqlab, 161 nafari qarshi ovoz berdi. Yangi chora-tadbirlarga qarshi chiqqan hududlarning noroziligini inobatga olib, hukumat biroz yon bosdi. Shu tariqa, qonun loyihasi chora-tadbirlar to‘plamiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini nazarda tutadi.
Ushbu chora-tadbirlar ma’muriy binolar, vokzallar, aeroportlar, barlar, restoranlar, mehmonxonalar, savdo, madaniyat va ko‘ngilochar muassasalarga tegishli. Ularda belgilanishicha, yozda barcha sanab o‘tilgan muassasalarda havoni 27 darajadan, mehmonxonalarda 25 darajadan pastroq sovitish mumkin emas. Shaharlarda arxitektura yodgorliklarini tungi yoritish taqiqlanadi. Ushbu talablarga rioya qilmaganlik uchun 60 ming yevrodan 100 million yevrogacha jarima ko‘zda tutilgan.
2023 yilning noyabrigacha hisoblangan reja «Ispaniyaga Ukrainadagi mojaro natijasida yuzaga kelgan energiya bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Yevropa ittifoqi hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga imkon beradi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Tereza Ribera. Shu tariqa Ispaniya energiya sarfini 7 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
10:26 / 27.12.2025