
Zahid Hussain / AP / Scanpix / LETA
Pokiston hukumati 26 avgust kuni töxtamayotgan musson yomğirlari natijasida yuzaga kelgan suv toşqinlari tufayli favqulodda holat rejimi joriy etdi. Avgust oyida Sind viloyatida örtaça körsatkiçdan 780 foiz köproq yoğingarçilik yoğgan, Belujistonda esa bu körsatkiç — qariyb 500 foizga teng. Suv toşqinlari 937 kişi umriga zomin bölgan; yuz minglab uylar vayron bölgan. Hukumat baholariga köra, tabiiy ofat u yoki bu darajada 33 million kişi yoki mamlakat aholisining 15 foizining hayotiga ta’sir körsatgan. Boş vazir Şahboz Şarif xalqaro hamjamiyatdan yordam söragan va qutqaruvçilar odamlar evakuatsiya qilinişini kutayotgan köplab hududlarga yetib bora olmayotganini tan olgan. Hukumatdagilar sodir bölayotgan voqealarni iqlim özgarişlari bilan boğlagan va bu mamlakat tarixidagi eng kuçli suv toşqinlari ekanini ma’lum qilgan.

Fida Hussian / AFP /Scanpix / LETA

Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA

Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA



















