O‘zbekiston | 09:57 / 29.08.2022
9392
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali ochilishida ishtirok etadi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Jaloliddin Manguberdi haykali

Qayd etilishicha, davlat rahbari Urganch shahrida sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chog‘ida Urganch shahrida markaziy maydon barpo etish va unda Jaloliddin Manguberdining mahobatli haykalini o‘rnatish, shaharda 1000 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy san’at saroyini qurish tashabbusini bildirgan edi. 

Urganch shahrining al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan ushbu maydon kompozitsiyasi asosini Jaloliddin Manguberdining ot ustida turgan holati aks etgan, balandligi 25 metrlik haykali tashkil etadi. Maydonga tutash holda muhtasham san’at saroyi barpo etildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid