Prezident farmoniga asosan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, O‘zbekistonda ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi:

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

  • Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Samarqand davlat universiteti rektori
  • Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Anvarov Ismoil Boyqulovich - Bandixon tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

  • Axmadaliyev Fayzullaxan - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassom
  • Ismailov Bobir Abduraximovich - Toshkent shahridagi «Caravan Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rassomi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

  • Inoyatov Djurakul Baxritdinovich - Samarqand shahridagi «Usto» shu’ba korxonasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati
  • Kamalov Shokir Sharifovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, temirchi usta, Buxoro viloyati
  • Raximov Toxir Axmedovich - «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo‘limi a’zosi, toshtarosh-usta, Navoiy viloyati
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan