O‘zbekiston | 12:05 / 30.08.2022
12771
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning bir guruh fuqarolarini mukofotladi

Prezident “Ozarboyjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Foto: Kun.uz

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakat qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

  • Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarboyjon davlat musiqa teatri vokalisti

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li - Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik
  • Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor
  • Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarboyjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid