O‘zbekiston | 16:39 / 31.08.2022
7610
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralari bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi sentabrda o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari shu kunlarda mamlakatlarda keng nishonlanayotgan mustaqillik bayramlari munosabati bilan bir-birini qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog‘ida davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya navbatdagi yig‘ilishini joriy yil sentabr oyida o‘tkazishga kelishib olindi.

Transport va energetika sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni, “Qambarota-1” GESni qurish loyihasini ilgari ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash hamda ShHT Samarqand sammiti kun tartibini muhokama qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid