Hukumat qarori bilan avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ular malakasini oşirişni amalga oşiruvçi ta’lim taşkilotlari reytingini aniqlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Reyting baholaş quyidagi körsatkiç (indikator)lar asosida amalga oşiriladi:

  • ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
  • ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari haydovçilik guvohnomasiga ega bölgandan keyin, yil yakunigaça yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
  • yil yakunigaça qonuniy kuçga kirgan sud qaroriga asosan ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari aybi bilan sodir etilgan yöl-transport hodisalari soni;
  • ta’lim taşkilotlarida töliq ştatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega öqituvçilar soni töğrisida ma’lumotlar.

Ta’lim taşkilotlari reytingini baholaş körsatkiç (indikator)lar asosida Yöl harakati xavfsizligi xizmati amalga oşiriladi. Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Nizom 2022 yil 1 sentabrdan e’tiboran kuçga kirdi.