“Iqlimning keskin özgarayotgani, köp davlatlarda qurğoqçilik bölgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetişmovçiligi xavf solmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global işlab çiqariş zanjirlarining uzilişi, logistikadagi muammolar sababli köpçilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga çeklovlar qöyayotganini ham körib turibsizlar.
Viloyat, tuman va şahar hokimlari bunday şaroitda öz hududida içki talabni töliq ta’minlaş va eksportni oşiriş böyiça imkoniyatlarini hisob-kitob qilişi şart. Lekin, hali köp hokimlar buni tuşunib yetmayapti”, dedi davlat rahbari.
Bu yil 80 ming gektar maydon paxta va ğalladan qisqartirilib, aholiga bölib berildi. Bugun imzolangan prezident qaroriga köra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bölib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qiliş uçun şaroit yaratiladi.












