O‘zbekiston | 09:18 / 06.09.2022
9265
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘llarda 139 ta holat bo‘yicha qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan

7 oy ichida yo‘llarda 139 ta holat bo‘yicha qariyb 6 mlrd 132 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan. Bu haqda AOKAda «O‘zyo‘linspeksiya» axborot xizmati rahbari Komil Shamsiddinov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Komil Shamsiddinov

Sifatsiz bajarilgan ushbu qurilish-montaj ishlari hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritilgan. Shundan 4 mlrd 203 mln so‘mlik 92 ta talabnoma ijrosi ta’minlangan. 

Qayd etilishicha, shuncha miqdorga baholangan, lekin amalda sifatsiz bajarilgan qurilish va ta’mir ishlari pudratchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan me’yoriy hujjatlar talablari asosida qaytadan bajarildi.

Yo‘l qurilish obektlarida qo‘pol qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni muddatida bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 99- va 147-moddalariga ko‘ra 134 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan. 

Bundan tashqari, 120 ta bayonnoma bo‘yicha 175 mln 410 ming so‘mlik jarima qo‘llangani aytiladi.

Mavzuga oid